Social Development

Yangiliklarga qarshi immunitet hosil qilish usullari

Amerika Psiologiya Uyushmasining ("ассоциация" ma'nosida) 2017 yilda e'lon qilgan hisobotiga ko'ra yoshi ulg'aygan Amerikaliklarning 95% i yangiliklarni muntazam kuzatib borar ekanlar. Shularning yarmidan ko'prog'i yangiliklar ularda stressni chaqirishidan shikoyat qilishar ekan. Wendy M. Johnston tadqiqotiga ko'ra daxshatga, vahimaga soluvchi yoki asabiylashtiruvchi yangiliklar doimiy notinchlikka, uyqusizlikka, kortizol (stress gormoni) miqdorining oshishi, PTSD (post-travmatik stress buzilishi) ga sabab bo'ladi.

Haddan tashqari ko'p negativ yangilik, zararli ovqatlardan ko'p istemol qilish bilan barobar. Ikkinchisi inson tanasiga salbiy ta'sir qilgani kabi birinchi holat miyaga shunchalik ta'sir qiladi. Bu informatsion shovqin oqibatlari haqidagi qisqagina misol bo'lsin. Biroq shuginaning o'zi ham bu info-shovqinlikka qarshi kurashish lozimligini anglashimiz uchun yetarli. Aynan shu haqda mulohaza qilaylik.

 

Oz yangilik, ko'p kitob.

Negativ yangiliklar ta'sirini bilib oldik. Kitoblar bilan esa, xuddi shuning aksini kuzatishimiz mumkin ekan. Sasseks Universiteti olimlari atigi 6 daqiqa kitob mutoalasi stress bosimini 68% ga tushurishini isbotlashdi. Bu ham hammasi emas.

Yangilik va memlardan farqli o'laroq, kitoblar mavzuga yanada chuqurroq olib kiradi. Kitoblarda ko'proq "Qanday" va "Nima sababli" savollariga javob olamiz. Yangiliklardan esa shunchaki "Nima???". Yangiliklar ayni paytni tasvirlashadi holos, kitoblarchi asrlar avval yozilgan bo'lsada, hozirda dolzarb. Shunchaki kamroq yangilik va ko'proq kitob o'qing.

 

Yangiliklarni Nonushtadan oldin va kechki ovqatdan so'ng o'qish tavsiya etilmaydi.

Yangiliklardan uzoqlishish uchun o'zingizga ozgina bo'lsa ham bo'sh vaqt ajrating. Bu vaqt sizga yanada muhimroq ishlar bilan mashg'ul bo'lishga, tinchlanishga va diqqatingizni jamlashga yordam bersin. Yoki shu vaqtni kitob o'qish uchun ham sarflashingiz mumkin. 

 

Smartfon orqali yangiliklarni o'qimang.

Yangiliklarni xatto noqulay holatlarda ham o'qish imkoniyatimiz borligi va ko'p hollarda aynan shunday qilihimiz, miyamizdan ko'proq quvvat talab qiladi.

Professor Sherri Terkl tajribalari natijalariga ko'ra, aynan smartfon orqali yangiliklarni o'qigan talabalar charchoqdan, ma'lumotni qabul qilish qobilyatlari yomonlashganidan shikoyat qilishgan ekan. Bundan tashqari smartfondan boshqa vositalar orqali (masalan TV) ma'lumot olish, insonni tartibga ham solar ekan. Axir Buz uni yonimizda olib yura olmaymiz-ku. 

 

Bir mavzuli to'plamlarni o'rganishga odatlaning.

Inson yangiliklardan stressga tushishining asosiy sabablaridan biri - bu ularni tartibsiz holda qabul qilinishidadir. 10 daqiqa yangiliklar lentasini ko'rish orqali biz iqtisodiy, siyosiy, shou biznes, jinoyat olami umuman o'zimiz obuna bo'lgan barcha yangiliklarni birin ketin qabul qilamiz. Bu esa o'z navbatida, ularni qabul qilish, ishlab chiqish va eslab qolish qobilyatini susaytiradi. Shu sababli ham bir turdagi mavzularni o'rganish tavsiya etiladi. Shunda xotirangiz kuchayganini sezishingiz mumkin.

 

Yangiliklarni haftada bir marotaba o'qing.

Bu uslub bilan siz bir o'q yordamida ikki quyonni urishingiz mumkin. Birinchidan, siz ahamiyatsiz bo'lgan ma'lumotlardan uzoqroq bo'lasiz. Zero, haftalik yangiliklar, hafta davomidagi eng muhim va qiziqarlilarini o'z uchiga oladi. Shov-shuv bo'ladigan yangiliklardan bexabar qolaman deb qo'rqmang, ularni sizgacha yetkazuvchilar albatta topiladi.

Ikkinchidan, siz maksimal darajada ishonchli xabarlarni olasiz. sababi bu vaqtgacha tarqalgan barcha yolg'on xabarlar aniqlangan bo'ladi. Oqibatda siz 6 kun davomida info-shovqinlardan holi, tinch va osuda hayotda yashaysiz.

 

Reklamadan uzoqlashish usullari.

Buning yo'li oson. Albatta reklamaning bizga ta'sirini bilishingiz tabiiy. Shuning uchun ham bu mavzuda to'xtalmay, maqsadga o'taman. Quyidagi dasturlar yordamida reklamalardan himoyalanishingiz mumkin.

Kompyuter uchun:

Chrome, Opera, Mozilla va Yandex uchun - Adblock Plus,

Yoki uBlock Origin - xuddi shu brauzerlar (Chrome, Opera, Mozilla) uchun, bundan tashqari bu dastur kamroq quvvat talab qiladi va web sahifalar ochilishini tezlashtiradi.

Ghostery - yuqoridagilardan tashqari yana shaxsiy ma'lumotlaringizni yig'uvchi saytlarni ham cheklaydi.

 

Smartfonlar uchun:

Free Adblocker Browser - reklamalarni cheklovchi brauzer Android uchun,

Adblock Fast - Adblock Plus ga o'xshash, Android va iOS uchun.

 

Kechiktirib o'qish uslubini qo'llang.

Ko'zga tushgan qiziqarli video yoki maqolalarni shu zahotiyoq o'qishdan voz kechishga odatlaning. Buning o'rniga ularni saqlab qo'yib, vaqt topganingizda barchasini bir vaqtda o'rganib chiqishga urining. Shunda avvallari keraksiz xabarlar uchun ketkazgan vaqtingiz salmog'ini ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari keyinchalik sizga qiziq tuyilgan o'sha ma'lumotlarning aslida hech qanday ahamiyatga ega emasligini his qilasiz.

 

Xulosa o'rnida yuqoridagilarni qisqacha takrorlab o'tsam:

1. Ko'proq kitob o'qing - foyda shulardan.

2. Ma'lumot qabul qilmaslik uchun o'zingizga maxsus vaqt ajrating.

3. Yangiliklarni faqat desktop qurilmalardan (bir joydan ko'chirilmaydigan, o'zingiz bilan olib yura olmaydigan qurilmalar) o'rganing.

4. Faqat deyjestlarni (haftalik yangiliklarni) o'qishga odatlaning. 

5. Diiqatingizni ko'proq shahringizdagi va kasbingizga yaqin bo'lgan yangiliklarga qarating.

6. Reklamalardan himoya choralarini ko'ring

7. Foyda keltirmaydigan yangiliklar resurslari obunalarini bekor qiling

8. Ko'zga tashlangan yangiliklarni biroz kechiktirib, bir vaqtda o'qishga odatlaning.

 

Muvaffaqiyat tilab @betbe4

Yuklab olish