Self Development

Qo'rquvning narxi - 0

Tasavvur qiling, 90 yoshdasiz. Istalgan soniyada so'nggi nafasingizni olishingiz va yer yuzini tark etishingizni tushungan holda, issiq o'rningizda o'tiribsiz. Bu yomon niyat emas, bu kelajakdan turib hozirga nazar solish.

 

Keksaygach inson hayot haqida tez-tez o'ylaydigan bo'lib qolar ekan. Deyarli har kuni bu haqda fikrlaydi.

 

Ular kimlarni sevganini, kimlar bilan aloqada bo'lganini, qayerda o'zlarini yaxshi his qilganlarini o'ylaydilar. Ayniqsa, bir vaqtlar taqdir ularga sovg'a qilgan, biroq, o'z qo'rquvlarini yenga olmaslik sababli boy bergan imkoniyatlarni eslaydilar.

 

Siz o'tiribsiz! Birdan vaqt mashinasi paydo bo'ladi. Siz unga chiqasiz va mashina sizni shu yerga, ha, hozirgi holatingizga olib keladi. Siz endi 90 yosh emas, hozirgi yoshingizdasiz va shu postni o'qiyabsiz.

 

Sizga ikkinchi imkoniyat berildi. Siz amalga oshmagan barcha niyatlaringizni ro'yobga chiqaring.

 

Sizda qiziqarli va foydali ishlar qilish uchun yana bir imkoniyat paydo bo'ldi. Endi siz bilasiz, agar bularni hozir qilmasangiz, qariganda hayotdan zerikib qolishingizni. Endi siz tushunasiz, qariganda o'zingiz harakat qilgan va amalga oshirgan rajalarni eslash, qayoqdagi qo'rquv sababli foydalanilmagan imkoniyatlardan ko'ra zavqli va yoqimliroqligini. 

Bu oddiy matematikaga o'xshaydi: Bir kun kelib dunyoni tark etishingizni hisobga olsangiz, hozirgi qo'rquvlaringiz bir tiyinga ham teng bo'lmaydi.

 

Yodda tuting! Qo'rquvingiz sizning hisobingizdan kun ko'radi. Aynan siz unga ma'no bag'ishlaysiz va ahamiyatli qilasiz.

 

Qo'lingizdan kelishiga ishonsangiz, hech qanday amaldan voz kechmamg.

 

Kimgadir o'z so'zingizni hali aytib ulgurmagan bo'lsangiz, darhol ayting. Chunki keyinchalik aniq ulgurmaysiz.

 

Borlig'ingizni qadrlang.

 

Unutmang! Vaqtlar o'tib inson ortga qararkan, qilgan ishlaridan emas, qilmagan ishlaridan afsuslanadi.

Yuklab olish