Cars

O'zbek adabiyoti durdonalaridan 30 kitob

O‘zbek adabiyotlari ro‘yxati (30 nomda)

 

1  “Go‘ro‘g‘li”   Xalq og‘zaki ijodi  Doston

2  “Alpomish”  Xalq og‘zaki ijodi  Doston

3  “Kuntug‘mish”   Xalq og‘zaki ijodi  Doston

4  “Qutadg‘u bilig”  Yusuf Xos Hojib  Falsafiy-ma’rifiy asar

5  “Temur tuzuklari”  Amir Temur  Asar

6  “Xamsa”  Alisher Navoiy  Xamsa

7  “Boburnoma”  Zahiriddin Muhammad Bobur  Memuar va tarixiy-ilmiy asar

8  “She’rlar”   Berdaq  She’rlar

9  “Kecha va kunduz”  Cho‘lpon  Roman

10  “O‘tkan kunlar”  Abdulla Qodiriy  Roman

11  “Tanlangan asarlar”  Abdulla Oripov  She’rlar to‘plami

12  “O‘zbegim”  Erkin Vohidov  She’rlar to‘plami

13  “Navoiy”  Oybek  Roman

14  “Ikki eshik orasida”   O‘tkir Hoshimov  Roman

15  “Ulug‘imsan, Vatanim”   Muhammad Yusuf  She’rlar

16  “Ulug‘bek xazinasi”  Odil Yoqubov  Roman

17  “Ufq”  Said Ahmad  Trilogiya

18  “O‘tmishdan ertaklar”  Abdulla Qahhor  Qissa va hikoyalar

19  “Chinor”  Asqad Muxtor  Roman

20  “Humoyun va Akbar”  Pirimqul Qodirov  Roman

21  “Jimjitlik”  Said Ahmad  Roman

22  “Yulduzlar mangu yonadi”  Tog‘ay Murod  Asar

23  “Ulug‘bek xazinasi”  Odil Yoqubov  Roman

24  “Tushda kechgan umrlar”  O‘tkir Hoshimov  Roman

25  “Otamdan qolgan dalalar”  Tog‘ay Murod  Roman

26  “Lolazor”  Murod Muhammad Do‘st  Roman

27  “Qoraqalpoqnoma”  Tulepbergen Qaipbergenov  Roman

28  “Turkiston yodi”  Rauf Parfi  Saylanma

29  “Buyuk qushlar”  Halima Xudoyberdiyeva  She’rlar

30  “So‘z yo‘li”  Sirojiddin Sayyid  Roman

 

Bejizga bu ro'yxat biz uchun muhim sanalmaydi. Bularni faqat adabiyotshunoslar uchun deyish xato. Shulardan bittasini, aytaylik "Temur tuzuklari"ni o'qiganlar bo'lsa, ishonchim komilki quyidagi fikrga qo'shiladi.

 

Bu kitoblarni o'qish bizga, nafaqat besh baho olishga yoki semestrni yaxshi yopishga, balki chetdan bizga kirib kelayotgan "Madaniyat"larning tub mohiyatini tushunishga, o'z hayotiy o'rnimizni anglashga, oq-u qorani ajrata bilishga, o'z standartlarimizni qayta ko'rib chiqishga, prinsiplarimizni yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Oramizda "Men bularni o'qishga muhtoj emasman" deguvchilar topiladi. Shulardan bittasini o'qib ko'ring, hech narsani bilmasligingizni tushunib yetasiz.

 

Hech bir so'z qolmadi, ma’lum bo’lmagan,

Juda oz sir qoldi, mavhum bo'lmagan.

Bilimim haqida chuqur o’ylasam,

Bildimki, hech narsa ma’lum bo'lmagan.

©Abu Ali Ibn Sino

Yuklab olish