Social Development

Kimga havas qildim?

Mana yetib keldik...
Ushbu mavzuda tanqidlar juda qattiq bo'lishi kutiladi. Shu darajada qattiqki, eslab o'tiladigan insonlarga ishqibozlik qiluvchilar bo'lsa, muallifni qattiq qarg'asalar kerak. Muallif o'zi ko'tarila olmaydigan cho'qqilarga chiqqanlarga xasad qilmoqda deb o'ylashsa kerak. Maqsad bu emas, maqsad biz havas qilayotgan deylik "Kumirlarimiz bunga arziydimi?" degan savolni chuqurroq ko'rib chiqish.

Bir qarashda tanqidiy mavzular @betbe4 qiziqishidan tashqarida, biroq, rivojlanish uchun biz qadam qo'ygan yo'limizda yurib muvaffaqiyatga erishganlar hayotiga qiziqamiz, ularga havas qilamiz va ularning amallarini takrorlaymiz. BIROQ, eng avvalo, biz kumirlarimizning o'zi tog'ri yo'ldami, yo'qmi, aniqlashimiz zarur. Bundan tashqari biz xalq orasida ko'zga ko'ringan insonlarning xalqqa keltirayotgan foydasi, yoki zararini inson emas, balki jamiyat darajasida o'rganamiz va o'zimiz uchun xulosa chiqaramiz.

Eslatib o'taman maqsad - BIZ HAVAS QILAYOTGAN INSONLAR BUNGA ARZIYDIMI? degan savolga javob olish. 
Keling "Kumir" so'zidan chetlashaylik va o'rniga "USTOZ" so'zini vaqtincha bizga kumir ma'nosida ishlataylik.

Demak, "Ustoz"laringizning har qanday kamchiligiga ko'z yummang, aks holda siz ham shunday kamchiliklar egasi bo'lasiz va o'z rivojingizga to'siq qo'yasiz. Umuman olganda aynan sizning yo'lingizda yurish imkoniyati faqat sizga berilgan. Aniqrog'i hayot yo'lingizni faqat siz bosib o'tasiz va uni o'zingiz belgilaysiz. Shunday ekan, aynan siz ko'zlagan muvaffaqiyatga erishgan inson, FAQAT SIZ BO'LASIZ. 
Xulosa shuki, kimningdur orqasidan har bir qadamini bosib borishingiz, oqibatda uning nusxasiga aylanishingizga olib keladi. Bundan baxt topish amri-mahol. Sizni o'z ism-sharifingiz bilan emas, balki "Ustoz"ingiz ism-sharifi bilan atashadi. Darvoqe... "Ustoz"ni har kim o'z yo'liga yaqin insonlar orasidan qidirar ekan, ushbu mavzu barcha soha vakillarini nazarda tutadi. Misol keltirish uchun esa eng ommabop bir sohani tanlaylik. Keltiriladigan misollar nafaqat shunchaki misol tariqasida keladi, balki hozirgi muammolarga e'tibor qaratishingizni so'raydi. Xalq orasida ko'pchilik tomonidan muvaffaqiyatga yo'l (to'g'rirog'i: boylikka yo'l) deb topilgan "San'at", Shou biznes bugun tanqidlar markaziga tushsin. Aynan shu sohani aksariyat yurtdoshlarimiz hayot yo'li sifatida tanlashmoqda. Sabab nima? "Bir qarashda qiladigan ishing oson, oladigan puling katta, xalq seni hurmat qiladi." Ha, afsuski aynan shunday fikr ko'pchilik hayolida aylanadi.
Chunki haqiqatdan ham o'zbek xalqi "Ustoz"larni ulug'laydi, ehtirom ko'rsatadi, ulardan hech narsasini ayamaydi, ularning yoqimli ovozini tinglash uchun emas, fonogramma orqali ijro etsa ham, tirigini ko'rish uchun konsertlariga boradi. Biz ulardan iqtidor talab qilmaymiz, qo'shiqlaridan ma'no, yoki mazmunni ham qidirmaymiz, musiqalarini o'g'irlanganligi ham ahamiyatsiz, biz uchun "Ustoz" tirik bo'lsa, har kuni bemani qo'shiqlari, va tushunarsiz, saviyasiz kliplari oynai-jahonda ko'rsatilsa, yilda bir ikki mavsumda konsertga taklif qilib, fonogramma orqali qo'shiq aytib bersa... uzoq davom etish mumkin, keling nuqta qo'yaylik: SHUNI O'ZI YETARLI.

Vaziyatga jiddiy qarasak, "Ustoz"ni erkalatib yuboribmiz. Hech qanday talab qo'ymasak, hech bir soha hech qachon rivojlanmaydi va keyingi avlod ham xuddi shunday, balki yanada battarroq ahvolga tushadi. Biroq nega buni ko'pchilik sezmaydi?
Sabab - oddiy. Chunki Bizda tanqidiy nazar RIVOJLANTIRILMAYDI. Bolalikda ham, maktabda ham, kollejda ham hech kim bizga "Aynan shu borada fikrlab ko'r" deb aytmaydi. Ongimizga singdiriladigan yagona narsa - bu "Falonchi Zo'r". Bo'ldi!!!
Umuman olganda bu hol boshqa millatlarda, boshqa jamiyatlarda ham kuzatiladi. Demakki, ijtimoiy immunitet va tanqidiy nazarni barchamiz o'zimizda rivojlantirishimiz lozim.
Endi fikrlaylik. Kimlar uchun vaqt sarflayapmiz? Vaqtimiz shu darajada arzonmidiki, biz uni o'g'irlangan musiqa, ma'nosiz qo'shiq, tushunarsiz klip, iqtidorsiz "Ustoz"ning mehnati mahsuliga sarflasak. Ishoning har kim bu darajaga yetishi mumkin. Biroq, bu kimga kerak??? Ularga havas qilish xato. Ularning ortidan yurish - XATO. Siz uzoqroqqa borishingiz mumkin agar sizda san'atga qiziqish haqiqiy bo'lsa va yuqorida tanqid qilingan hollar sizda kuzatilmasa. 

Davom etamiz...
"Ustoz"larning barchasi iqtidorsiz, San'atga adashib kirib qolgan, deb bo'lmaydi. Ba'zilarida yaxshi ovoz, ba'zilarida ma'noli qo'shiq, boshqalarida yaxshi klip BOR. Tanqidsiz. 
Ammo... 
Shundan 90 desak xato bo'lar, mayli, 80% ida klip yoki ma'no qo'shiqning asl maqsadini bildirib qo'yayapti. Ha, bu moliyaviy naf. Ikkinchisi esa - qo'shiqchining naqadar qoyilmaqom, zo'o'o'r (крутой) ekanligini ko'rsatish (men shunday tushundim).
"San'atkor"larning o'zi ko'p qaytaradigan so'z nima bilasizmi? "Eng zo'r qo'shiq - bu san'atkorning yuragidan chiqib, tinglovchi yuragiga yetib borgan qo'shiq".
Savol: QANI SHUNDAY QO'SHIQ???
Bunday qo'shiq qanday tayyorlanishini esa ko'p chilik "san'atkorlar" aytmaydi. Balki bilmas...
Men aytay.
Eng avvalo - g'oya.
0. G'oyani iqtidorli, dunyo qarashi keng san'atkor o'zi duch kelayotgan vaziyatlardan, guvohi bo'lgan voqealardan, o'z yoki o'zgalar hayotidan oladi.
1. Maqsad - kelgan g'oyani kuyga solib tinglovchiga yetkazish.
2. Matn. G'oyaga asoslanib, matn (sher) yozadi yoki shoirga murojaat qiladi. 
3. Musiqa. kompozitor matn ma'nosiga qarab shunday musiqa bastalaydiki, matn ma'nosini to'ldiradi va tinglovchini qo'shiq kayfiyatiga butunlay olib ketadi. Professional san'atkor musiqani o'zi yaratadi.
4. Klip. Klipda esa san'atkor, kuylayotgan qo'shig'ini to'liq tasvirlashga urinadi. Chunki inson 80 % ma'lumotni ko'z orqali oladi.
Natijada tinglovchi yuragiga qo'shiqni qabul qiladi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Dunyo qarashi kengayadi, xordiq oladi yoki g'ayratlanadi, har safar kayfiyati tushganida, holsizlanganida yoki g'am chekkanida u qo'shiqni qayta-qayta tinglaydi.
Tinglashga arzirli qo'shiq ana shunday yaratiladi. San'atni yaxshi tushunmayman va bilganlarim shu.
Hozirgi.kunda yaratilayotgan "San'at asar"lari (qo'shtirnoqqa e'tibor bering) esa tahminan quyidagicha.
0. Maqsad. Maqsad istalgan bosqichda shakllanishi mumkin. Ko'pincha u moliyaviy nafga, qilingan buyurtmaga, "San'atkor"ga oson ko'ringan yoki yoqqan chet tilidagi qo'shiqqa qaratiladi. 
1. G'oya. Muhim emas, sherni yaxshi hirgoya qilib bersa bo'ldi. 
2. Matn. Agar maqsad shakllanmagan bo'lsa, matnni shoirdan olish mumkin. Mavzuning ahamiyati yo'q. Axir g'oya yo'q-ku. Maqsad esa Boshqa. Qizig'i matn ham keyinchalik shakllanishi mumkin. Masalan, Biror bir zamonaviy musiqa "San'atkor"ga yoqib qolsa.
3. Musiqa. Iloji boricha zamonaviy bo'lishi, eshitganida tinglovchi likillab o'ynab ketishi kerak. Bass shu darajada bo'lishi kerakki, eshitgan "Buqachalar" (zamonamizning oldi yigitlari). "Vaaay bassi qaragiin" diyishi, yoki o'zining "erkak" ekanligini his qilishi kerak. Eng yaxshi yo'li esa - CHETDAN O'G'IRLASH.
4. Klip. Klipning asosiy maqsadi ijaraga olingan bo'lsa ham, inomarkani, klip chet elda olinganini, unga qancha katta mablag' sarflanganini xullas klip ustida "mehnat" qilinganini tinglovchiga ko'rsatish, yo'q, uqtirish.
Natijada tinglovchi havas qiladi, u ham boy bo'lishga intiladi va shu yo'lga qadam qo'yadi yoki musiqani ko'chada bo'lmasa mashinasida baland ovozda qo'yib "ESHITADI", yoki qofiya va "chuqur" ma'noni o'zining Telegramdagi yoki Instagramdagi rasmi o'rniga qo'yadi.

Bilaman tanqid ko'payib ketti. Chidaylik...
Konsertda fonogramma! Bu faqat bitta narsa haqida gapiradi. Qo'shiqchi xalqni hurmat qilmaydi. Aslida biz konsertga san'atkorning ovozini eshitish, iqtidoriga yana bir bor tan berish uchun tushamiz. Biroq u yerda biz kompyuterda chiroyli ishlangan audio, o'chirilgan mikrofon, va o'g'zini qimirlatayotgan "San'atkorni" ko'ramiz.
Nima uchun chetda qo'shiq, musiqa va kliplar sifatli? Sababi, Xalq fonogramma orqali ijro etiladigan konsertga tushmaydi, To'g'ri fanatizm u yerda kuchliroq, lekin insonlar ham o'z hurmatini talab qilishadi. Afsuski bu hol borgan sari avj olib bormoqda. 
Fikrlarimdan o'zbek san'atkorlarining hammasi ham yomon degan xulosaga kelmang. Bor, arzirli san'atkorlar, qo'shiqlar, musiqalar bor. Muammo, ularni hech kim eshitmayotganida. Biz o'rgamib qolganmiz bizga ko'rsatilayotgan kliplar, qo'shiqlarni "Normal" darajada qabul qilishga. 
Aytmoqchi bo'lganlarim quyidagicha: O'zimiz bilmagan holda TV kanallarda qo'yilayotgan (cho'ntagi ko'targanlar qo'yayotgan) kliplarni miyamizga singdirishlariga yo'l qo'yib berayapmiz. Reklama prinsiplari yodingizdami? Takroriylik va ommaviylik. Tahlil qilmayapmiz, tanqid ham. To'g'ridan to'g'ri qabul qilish orqali haqiqiy hayotda bu ma'lumotlardan foydalanishga urinayapmiz. Bu inson miyasi bajaradigan doimiy vazifa. U ma'lumot yaxshi yoki yomonligini bilmaydi toki, inson o'zining shaxsiy prinsiplari bilan olayotgan ma'lumotlarni taqqoslamasa. Miyaga oq-u qorani ajratish o'rgatilmasa. Hurmat qilmang deyishim noto'g'ri, arzirli insonlar bor san'atkorlar orasida ham. Havas qilish ham yomon emas agar san'atkor chindan ham mehnat qilgan bo'lsa, ammo fanatga aylanish, ishqibozlik qilish, "ustoz"ning har qadamidan ishtiyoq olib, uning "TIRIGINI" ko'rishga intilish fikrimcha o'z qadrini bilmaslikka teng. Fikrimcha bizning zamonda muxlislik qilishga arzirli inson yo'q. Shaxsan men bunday insonlardan faqat bir nechtasini bilaman. Eng avvalo, Islom elchisi Muhammad Sallallahu Alayhi Vasallam, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur. Abu Ali Ibn Sino, Konfutsiy, Mohandas Gandi. Arastu va h.k. Sabab, bular tarix darslarida miyamizga singdirilganida emas, shunday bo'lganida Amir Temur yoki Jaloliddin Manguberdini ham qo'shgan bo'lardim. Sabab - ular hayoti davomida mukammallikka intilganida. Aynan bir sohada emas, imkon darajasida ko'proq sohalarda rivojlanishga intilganida. Bugun biz "ustoz" sifatida ko'rayotgan insonlarni ertaga farzandlarimiz bilishmaydi. Buyuklarni esa kamida tarix darsida o'rganishadi. Endi fikrlaylik "Ustoz" muxlisi bo'lib qay marralarga yetamiz-u Buyuklar ortidan yurib nimalarga erishamiz. Shu fikrlarni hammamiz yaxshilab jiddiy o'ylab ko'rganimizda edi, jamiyatimiz, xalqimiz QOLOQ nomiga ega bo'lmasdi. "Ustoz"ni sizning kelajagingiz hech ham qiziqtirmaydi. U siz orqali o'z hamyonini to'ldirsa bo'ldi. Sizning kelajagingizni o'ylagan insonlar o'z bilimlarini yozib qoldirganlar. Bilaman qo'shiqchilarni qoralab yubordim, achinarlisi - bular haqiqat. Yanayam achinarlisi - bunday ahvol boshqa sohalarda ham kuzatiladi. Xulosa shunday: Avvalgi fikrlarda "O'z sohangizda muvaffaqiyatga erishish uchun, sizdan oldindagi, sohangizda katta yutuqlar natijalarga erishganlarga qarang, ularni hayotini kuzating, ular buning uchun nimalar qilganligini o'rganing" deyilgandi va bir qarashda bugungi mavzu aynan shu fikrlarni inkor etayotgandek. Shunday ekan, chuqurroq fikrlaymiz va aniqlik kiritamiz, oldimizdagi muvaffaqiyatli insonlarni kuzatishimiz, o'rganishimiz to'g'ri, ammo eng avvalo ularni bunga arzishiga ishonch hosil qilish lozim. Haqiqat o'zgarmaydi, agar siz kimningdir ortidan qadam-ba qadam yursangiz, hech qachon undan oldinga ota olmaysiz. Shunday ekan, qanchalik hurmat qilmaylik, ular ham bizga o'xshagan zaif inson, ular ham XATO QILUVCHI VA UNUTUVCHI. Buni yodda tutishimiz va ularni ham o'z prinsiplarimiz chig'irig'idan o'tkazishimiz shart. Ularning xato va kamchiliklariga ochiq ko'z bilan qarashimiz kerak. 

 

Esda tuting: Kim bo'lishidan qat'iy nazar, U ham xuddi siz kabi INSON, Hech narsasiz dunyoga kelgan va hech narsasiz ketadi. Siz ham...

Yuklab olish