Self Development

Hayot yo'li

Fikrlab ko'rganmisiz?
Hayotingiz so'ngida, so'nggi nafasingizni olayotgan paytingizda nimalar haqida o'ylaysiz?
Bir zumga tasavvur qilib ko'ring. Ko'p o'ylamang. Shunchaki 5 soniyaga shu holatingizni ko'z oldingizga keltiring.
Fikrimcha bu payt inson ko'ziga faqat hayot sarhisobi ko'rinsa kerak. Inson o'ziga:
Umrim davomida nimalar qildim va nimalarga erishdim? Hozir ko'z yumsam armon bilan ketamanmi yoki hayotimdagi barcha vazifalarimni bajargan holdami? Tahminan shunday savollar kelsa kerak inson hayoliga...

 

Ko'pchilik bu haqida fikrlamaydi. Lekin ertaga shu kunni qarshilaganida afsuslanmasmikin? bugunni hotirjamlikda, YouTubeda qiziqarli videolar ko'rib, Telegramda bekorchi gaplar yozib yoki TV da bemani seriallar, tok shou yoki kinolarni ko'rib o'tkazishimiz mumkin lekin ertaga umrimiz yakunida, so'nggi manzilimiz marramizning yarim yo'lida joylashganini tushunganda, qanday ahvolga tushar ekanmiz...
Yaqin kishisini yo'qotgan insonni nima deb yig'lashiga e'tibor berganmisiz?
"Sizni qadringizga yetmadim? Agar tirik bo'lganingizda, barcha xatolarimni tuzatardim? Agar bugun shunaqa bo'lishini bilganimda, vaziyatni o'zgartira olmagan taqdirimda ham sizni qadringizga yetgan bo'lardim..." Boshqalar yolg'on yig'lar, ammo yaqinini yo'qotgan insonning o'zichi...
Endi fikrlaylik, xuddi shu gaplarni ertaga so'nggi nafasimiz oldidan biz o'zimizga o'zimiz aytamiz. 
Shunday emasmi???
Shunday.
Biroq, qanday inson bo'lishimiz kerakki shu kun kelganda "Armonim yo'q" deya olsak?
Mana bu SAVOL.

Javobni men bilmayman. Uni hech kim bilmaydi. O'z hayotingiz haqidagi savolga faqat o'zingiz javob bera olasiz. Men esa bu javobni izlashda sizga fikr beray.

Fikrimcha hayot yo'lini to'g'ri tanlagan va shu yoldan to'xtamay borgan inson yuqoridagi so'zni shubhasiz ayta oladi. Mayli ko'zlagan manziliga yetmagan bo'lsa ham. Biz orzu qilishni, maqsad qo'yishni ozma-oz o'rgandik. Shunga asoslanib maqsad yo'limizni belgilashimiz mumkin, ammo hayot yo'limizni belgilay olmaymiz. Tog'rirog'i, o'rgangan usulimiz bizga faqat maqsad yo'limizni belgilshimizda yordam beradi, hayot yo'lini emas. Buning nima farqi bor? dersiz. 
Tushuntiraman...
Biz maqsadimiz yo'lida ma'lum bir zinadan ko'tarilsak, hayotimiz yo'lida ana shu zinani tanlashimiz lozim bo'ladi. Hayot yo'limiz bu bizning shaxsimizdir. Bu bizning prinsiplarimiz. Agar hayot yo'limizni bilmasak, shaxsimizni ham bilmaymiz, yoki aksincha, shaxsimizni bilmasak hayot yo'ilmizni... xullas shunday demoqchiman.

Ho'sh, hayot yo'limizni qanday bilamiz?
Buning uchun men insonlarni bir necha turga bo'lishni taklif etaman.

Oliy daraja.
Dunyoni o'zgartiruvchilar,
Buyuklikka intiluvchilar,
Mukammallikka intiluvchilar

1-daraja.
Ularga yordam beruvchilar, 
Sokinlik istovchilar,
Harakatsizlar,

2-daraja.
Xulosa chiqarmaydiganlar,
Qo'g'irchoqlar,
Dushmanlar/Ochko'zlar,

Oxiridan boshlaymiz. Shunda mavzuni yaxshi kayfiyatda yakunlashga erishamiz.
Demak, Dushmanlar.
Ortiqcha tarifning hojati yo'q. Ular do'st bo'lishni bilishmasliklari bir tomon bo'lsa, dushmanliklari ikkinchi tomon. Hasad, fitna, yolg'on ularning prinsiplarini belgilab beradi. Dushmanlik qilayotganda ular nima haqda o'ylashadi, bilmayman. Ammo tahmin qilib ko'raman. 
Raqobatda: Falonchi mendan o'zib ketishiga yo'l qo'ymayman,
Bozorda: Ha endi nima qilibdi, 100 gram kam berganimga u kambag'al bo'ladimi,
Savdoda: O'zi ahmoq, kim unga ishonsin dedi,
Tortishuvda: Hali ko'radi, boshiga it kunini solaman,
Davom etishga hohish yo'q...
Ular sabab qilib keltirgan narsa: Yaxshi bo'lganlar nima ko'rdi? degan so'z.
Bundaylar qanday shakllanadi, bilmayman. Albatta, bunga eng avvalo oila, muhit sabab bo'ladi, ammo binoyidek insonlar orasida ham bundaylar uchrab turadi. Bundan fikr qilish mumkinki, qalbida inson uchun eng muhim fazilat bo'lgan - iymon va insof topilmaganlar shu yo'lda yuradilar. Hayotimizda bunday misollardan ko'pgina topishimiz mumkin.

Qo'g'irchoqlarchi?
So'z o'zi uchun o'zi gapiradi. Ularning dushmanlardan farqi shundaki, ular qilgan ishlarini bilmaydilar, yaxshilar qo'lida yaxshi, yomonlar qo'lida yomon ishlar qilishadi.
Ularni davolab bo'lmaydi. Ularda yaxshi fazilatlar bo'lishi mumkin, biroq, o'zgalarga bo'ysunish, ular uchun osonroq. Qachon inson qo'g'irchoqqa aylanadi? Qachonki, unda o'z fikri bo'lmasa, qachonki unda ilm bo'lmasa, qachonki u o'zi ham inson ekanligini, u ham oliy darajaga ko'tarilishga qodirligini bilmasa. Yulduzlarga yetguncha orzulari bo'lsa-yu, oldinga yurish uchun zarracha jasoratlari bo'lmasa. Hammamiz biladigan, dunyoga dong'i ketgan qo'g'irchoq - bu Usama BenLaden.

Xulosa chiqarmaydiganlar 2 darajali insonlarning yana bir turi. Ular qanday bo'ladi? Ularni pashshaga qiyoslash osonroq. Oyna ortidagi yorug'likka intilishar, u tomonga harakatlanishar, oldinda ko'rinmas to'siqqa uchrashadi-yu boshqa yo'l qidirishmaydi, qayta-qayta shu oynaga urilaverishadi. Ular o'zgalarniki u yoqda tursin, o'z xatolaridan ham xulosa chiqarmaydilar. Xato qilish insonga xos, undan saboq olish ham. Inson so'zining ma'nosi ham - unutuvchi, xato qiluvchi. Ammo undan saboq olish 2 -darajali insonlarga berilgan emas.

2-darajali insonlar kimlar? Illatlarni sanashning hojati yo'qdir. Ular jamiyatning eng keraksiz a'zolari. Rivojlanishga to'siq qo'yuvchilar, ularni hayot, kelajak, umr, so'nggi lahzalari umuman o'ylantirmaydi.

Harakatsizlar. Qo'rqoqlar. Dangasalar...
Taqdir insonga minglab imkoniyatlar beradi. Bular esa bu imkoniyatlarni ko'rishsa ham, undan foydalanishmaydi. Sabab - xato qilishdan qo'rqishadi yoki ertangi kunga qoldirishadi. Hayot insonni tarbiyalaydi. Agar inson o'zi istab o'rgansa, qiyin ahvolda qolmaydi. Agar inson hech narsani o'rganishni istamasa, hayotni o'zi o'rgatadi. Lekin, bu safar insonga bu nafaqat saboq beradi, balki o'zi bilan dard-u alam va qiyinchiliklarni olib keladi.
Oddiy misol: Yaqin insonimiz, otamiz, onamiz, aka-uka yu opa-singillarimiz yoki qondoshlar, do'st birodarlarimiz yonimizda bo'lishsa ularni ko'p ham qadrlamaymiz. Qadrlari bizdan uzoqlashganlaridan keyin seziladi. Otamiz yonimizda bo'lsa, ba'zida xizmatlarini qilishga, ba'zida shirin so'z bilan gapiririshga hohishimiz bo'lmaydi. Biroq u inson bu olamni tark etgan kundan, qilgan xatolarimiz birma-bir ko'z oldimizga keladi. Qisqa xulosa shunday.
O'rgansang, o'rgan, yo'qsa hayotning o'zi senga o'rgatib qo'yadi. Biroq buning evaziga sendan ko'proq va qadrliroq narsalaringni so'raydi.
Bugun harakat qilmaganlar ertaga majbur bo'ladi. Shunday ekan, harakatni boshlang va hech qachon to'xtamang.


Sokinlikka intiluvchilar...

Haa. Hayot - murakkab. Ba'zida shu darajada toliqasanki, barchasiga qo'l siltab uzoqlarga, tinch va osuda hayotga ketging keladi. Biroq, buni umri so'ngigacha istovchilar ham bor. Sokinlik yomonmas, harakatdan to'xtash yomon. Bundaylar harakatsizlardan faqatgina bir sifatlari bilan farq qiladilar. Ularning harakatlari sokinlikkacha bo'ladi. Tasavvur qilaylik, ikki inson cho'lda, havo issiq. Harakatsiz bir qadam ham yurmasa, sokinlik istovchi soya topguncha yuradi. Unga yetgach, to'xtaydi va hayoti so'ngini kutib yotadi. Biroq inson bolasi bundan-da ko'prog'iga qodir. Muammo hech qachon tugamaydi to'g'rimi?
To'g'ri...
Ularni hal qilish qudrati ham insonda hech qachon tugamaydi. Biroq, shundaylar borki, hayotiy maqsadlari sifatida soyaga yetib olishni qabul qiladilar va agar maqsadlariga yetishsa, to'xtaydilar. Bir narsani Hech qachon unutmasligimiz lozim. 
Daraxt o'sishdan to'xtagan kun, qurishni boshlayd. Bu tabiat qonuni. Xulosa shuki, Inson rivojlanishdan to'xtagan kun, o'lishni boshlaydi.


Ularga (oliy darajadagilarga) yordam beruvchilar.

Buyuk insonlar jamiyat uchun bino bo'lishsa, bunday insonlar ana shu binolarning tayanchidir. Hech bir inson buyuklik darajasiga yetgach, "Men bunga o'z kuchim bilan erishdim"
demaydi, garchi shunday bo'lsa ham. Sababi buyuklar biladilar, bir inson buyuk bo'lishi uchun, bir insonning qudrati kamlik qilishini. Shunday ekan har bir buyuk insonning ortida bir yoki bir nechta yordam beruvchilar bor. Ustozlar, ota-onalar, juftlari, do'stlar, hamkasblar va hokazo...

1-darajali insonlar kimlar? Savol boshqa ikkisidan murakkabroq. Agar 2-darajalilar jamiyat zavoli bo'lishsa, oliy darajalilar jamiyat taraqqiyoti sababchisi bo'lishadi. 1-darajalilarga esa har ikki toifadagi insonlar kirishi yoki jamiyatga hech qanday.ta'sir ko'rsatmaydigan insonlar kirishi mumkin. Keling falsafaga murojaat qilaylik.
Dunyoda hamma narsa jufti bilan yaratilgan deymiz to'g'rimi?
To'g'ri...
Oy-quyosh, yer-osmon, oq-qora, kun-tun, erkak-ayol yoki...
Har bir ibtidoning intihosi bor. O'rtadachi? O'rtada - oraliq, davomiylik...
1-darajalilar ana shu o'rtadagi davomiylik sifatida ko'rilsin. Bundaylardan Buyuk insonlar ham chiqishi mumkin, 2-darajalilar ham.

Mukammallikka intiluvchilar.

Mukammallik, komillik, hech qanday kamchilikka ega bo'lmagsn inson - komildir. Komillikka erishish esa zamonlar o'tgani sari qyinlashib boraveradi. Umuman olganda, komillikka erishish - ilojsiz. 
Savol tug'iladi, Agar komillik ilojsiz bo'lsa, unga intilishdan na foyda? Javobni men bermayman, uni hamma o'zi tushunishi kerak. Men yordam beraman.
Savol: 
Agar bir kun kelib, bu olamni tark etishimiz aniq bo'lsa, unda yashab nima qilamiz?
Kichkinaligimda (14 yosh edim adashmasam) mukammallikka intilgan inson qanday yutuqlarga erishadi? degan savolga duch kelgandim. Ko'p o'yladim va shunday fikrga keldim.
"Komillikka intilgan inson ENG kamida bunga intilmaganlardan bir necha qadam oldinda bo'ladi." Hozir shu fikr haqida nima deya olaman?
"Agar komillikka intilsang, inson qilishi lozim bo'lgan eng oz ishni qilibsan." Bu qo'rqitadi. Hozirgi davrda biz insonlar BIR sohada muvaffaqiyatga intilamiz. Unda yutuqqa erishsak bormi, dunyoga jar solib, kibrga, tug'yonga ketamiz. Ayniqsa, boylikka erishib, qo'limizga uch to'rt so'm tushib qolsa bormi... Xatto Jon Rokfeller qilmagan ishlarni qilamiz. 
Kulguli...
Fikrlaylik, bizdan avvalgi komil insonlar haqida. Boburnomani o'qiganmisiz? O'simliklar, hayvonlar, she'riyat, tarix, jang strategiyalari, geografiya...
Haqida. 
Shu paytning o'zida Boburnoma, bir inson hayoti haqida. Yana bir savol: Bobur yashaganmi yoki kitob yozganmi? U nafaqat shuncha ko'p sohan o'rgangan, balki ularni bitta kitobga sig'dirishga intilgan. Qoyil...
Endi yana zamonamizga qaytaylik. Hech narsani sezmayapsizmi??? Bizning zamona bunday insonlarga ega emas. Biz bitta sohada yutuqqa erishib g'ururlanayapmiz. Qo'rqinchlisi, ertaga nima bo'lar ekan-a???
Mukammallikka intilish kerak. Shunda qilishimiz lozim bo'lgan eng oz ishni qilgan bo'lamiz.

Buyuklikka intiluvchilar

Buyuklar komilmi? Har doim ham emas, keling 95% holatlarda deylik. Buyuklardan komillik talab qilinadi ammo ba'zilarga hayot shunday imkoniyatlar beradiki, bundan foydalangan inson bir zumda buyuklik darajasiga ko'tariladi. Tushunarliroq bo'lsin-a. Buyuk inson deganda kimni nazarda tutamiz?
Nafaqat shaxsiy mukammallikka erishgan, balki, o'z xalqi, millati rivojiga katta hissa qo'shgan inson. Jamiyat taraqqiyotiga yordam bera olgan inson - BUYUK bo'lsin. Biroq keltirib o'tilganidek buyuklar doim ham komil bo'lmasligi mumkin. Taqdir ehtimol hammamizga bir qadam bilan buyuk bo'lish imkonini berar, balki biz buni sezmasmiz. Bilmadim...
Ammo, buyuklikka aniq erishadigan inson bu - oldiga buyuk maqsad qo'ygan, unga qarab yurgan va komillikka intilgan inson erishadi. Qiziq xulosa: Komillik - ilojsiz, biroq unga intilsang, sen buyuklikka ham intilgan bo'lasan.

Dunyoni o'zgartiruvchilar.

Bilasizmi? Dunyoni o'zgartirish uchun yanayam murakkabroq fikrlash kerak ekan. Agar mendan zamonamizda kim dunyoni o'zgartira olgan deb so'rashsa, Bill Geyts deyman. Ma'lumot uchun: Bill Geyts yaratgan Windows operatsion tizimi butun dunyo boyicha 95 % kompyuterlarda o'rnatilgan. U orqali milliardlab insonlar kun ko'radi. Agar windows bo'lmaganida tasavvur qiling nima bo'lardi. Chiqarayotgan shartnomalarimiz, buyruq, qaror, qonun, bularning barchasi maxsus mashinkalarda xar bir nusxa alohida, qo'lda yozilgan bo'lardi. yoki kompyuter dasturlash tillarini o'rganishga majbur bo'lardik. Bu esa kamida 2-3 yilni talab qiladi. Shundoq ham Windows, umuman interfeysni aniqrog'i shu dasturlarni yaratiahni emas, shu dasturlardan foydalanishni 3 yillab o'rganayotganlar bor. (Xafa bo'lib ketasan kishi). Endi o'ylaylik, Bill Geyts shunchalik katta muvaffaqiyatga erishgan ekan, shu darajada dunyoni o'zgartira olgan ekan, uning buyuk maqsadi nima bo'lgan???
Aytaman. Bill Geyts kompyuterni oddiy odamlar ham ishlatishini hohlagan. Kompyuter faqat olimlar matematiklar yoki dasturchilar emas, butun insoniyat ish quroliga aylanishini hohlagan.

Bu faqat bittasi. Agar internetni, printerni, yoki boshqa bir biz kundalik hayotimizda xatto e'tibor bermaydigan, ammo ularsiz ishimiz bitmaydigan buyuk kashfiyotlarni yaratgan insonlar haqida fikrlasak, bilmadim men bu mavzuni qancha davom ettira olaman. Ularni bitta emas balki bir nechta kitob qilish mumkin. Xulosa: Dunyoni o'zgartirishni istasang, nafaqat o'zingga va nafaqat o'z xalqingga, balki butun insoniyatga foydali ish qil.

Insonlar yuqoridagi 9 toifaga bo'linar ekanlar, oliy darajalilar bundan xabardor bo'ladilar. Ular buni, yani buyuklikka intilishni o'zlarinig hayot yo'llari sifatida qabul qiladilar, 1 va 2 darajalilar bu haqda fikrlamaydilar ham. ular doim ham muvaffaqiyatga erishishmaydi. Sababi oddiy, ular bunga intilishmaydi. Ular "Boshga tushganni ko'z ko'radi" degan shior bilan yashashadi. Biroq shundaylari bo'ladiki, Buyuk insonlardan zavq olishadi, ularga muxlislik qilishadi, ba'zida esa kelajagi buyuk inson bilan ekanligini tushunishmaydi. Fikrlang... Siz hozir qaysi yo'ldasiz? Va yurgan yo'lingiz sizga to'g'ri keladimi?


Keling, Islomga murojaat qilaylik:
Olloh jonzotlarning 3 xil turini yaratdi, Farishtalar, Hayvonlar va Insonlar. Farishtalarga Aql berdi, lekin ixtiyor bermadi. Ular har qanday ishni qilishlari mumkin, lekin hech qachon gunoh qilishmaydi, yaratganga osiy bo'lmaydilar. Chunki ularda ixtiyor yo'q.
Hayvonga ixtiyor berdi, lekin aql bermadi. Ular har qanday ishni qilishlari mumkin lekin hech qachon qilayotgan ishlarini tushunishmayd. Chunki ularda aql yo'q.
Insonnichi, Aziz qildi. Aql ham berdi, ixtiyor ham. Buning natijasida insonlar orasidan buyuk zotlar ham chiqdi, yomonlari ham. Shu ustida mulohaza qilar ekanmiz, Iymoni va E'tiqodi kuchlilar e'tiborini bir narsaga jalb qilaman. Insonga Aql ham Ixtiyor ham berilgan ekan, bu bilan birga yaratgan unga quyidagi imkoniyatni berdi. Agar inson gunoh ishlar qilishga imkoni bo'la turib, qilmasa, savob qilsa, Farishtadan yuqoriroq o'ringa ko'tariladi. Chunki insonda ixtiyor bo'la turib gunoh qilmadi. 
Aksincha gunoh qilsa, hayvondan quyiroq darajaga tushadi. Chunki aqli bo'la turib gunoh qildi. Tanlov imkoniyati hammamizga berilgan. Farishtadan yuqoriroq yoki Hayvondan quyiroq.

Fikrlang...

 

Yuklab olish