Self Development

Ehtimol, orzularni qanday amalga oshirish haqida eng yaxshi masal.

Qayerdadur olamning bir burchagida bir do'kon bor. Uning nomi yozilgan taxtachasini bir paytlar bo'ron uchirib yuborgan, yangisini esa do'kon egasi joylashtirmagan edi. Sababi Mahalliy aholi do'konda orzu-istaklar sotilishini shundoq ham bilardi.

 

Do'konda assortiment (maxsulot turi) juda katta edi, bu yerda deyarli hamma narsani sotib olish mumkin edi: Ulkan yaxtalar, hashamatli uylar, turmush, korporatsiya prezidenti o'rinbosari lavozimi, boylik, farzand, sevimli ish joyi, ko'rkam qomat, g'alaba, avtomobil, qudrat, muvaffaqiyat va ko'pgina boshqa narsalar. Faqatgina hayot va o'lim sotilmasdi. Bu bilan narigi dunyoda joylashgan bosh ofis shug'ullanardi. 

 

Do'konga kirgan har bir mijoz (biror marta ham kirmagan va uyida shunchaki orzu qilib o'tirganlar ham bor) birinchi navbatda o'z orzusi qiymati bilan qiziqardi.

 

Narxlar turlicha edi. Masalan, sevimli ish joyining qiymati 

1. barqarorlikni va oldindan tahmin qilish mumkin bo'lgan kelajakni (предсказуемость) rad etish, 

2. hayotni mustaqil ravishda rejalashtirish va tuzishga shaylik, 

3. o'z kuchiga ishonish,

4. "lozim" bo'lgan joyda emas yoqimli bo'lgan joyda ishlash.

kabilarga teng.

 

Toj-taxt biroz qimmatroq:

1. Ba'zi qarashlardan voz kechish,

2. Har narsaga o'rinli tushuncha bera olish,

3. O'zgalarga "YO'Q" deya olish,

4. O'z qadr-qimmatini bilish (shuningdek bu qiymat yetarlicha yuqori bo'lishi),

5. O'ziga "Men" deya olish (Ya'ni "eplolmayman", "qo'limdan kelmaydi", "menga emas" kabilar o'rniga "Men bunga qodirman"),

6. O'zgalar fikridan qat'iy nazar, o'zioni tanita olish,

kabi sifatlar kerak.

 

Ba'zi narxlar g'alati ko'rinardi - turmushni deyarli tekinga olish mumkin, ammo baxtli hayot qimmat turardi:

1. O'z hayoti baxti uchun javobgarlikni qo'lga olish,

2. Hayotdan zavq ola bilish,

3. O'z hohish-istaklarini yaxshi bilish,

4. Atrofdagilarga o'xshashga intilmaslik,

5. Borini qadrlay bilish,

6. O'z qadrini va ahamiyatini anglay bilish,

7. Yaqinlar va do'stlarni yo'qotish havfi evaziga keladigan foydalardan voz kechish.

kerak.

 

Do'konga kelganlarning hammasi ham o'z orzulariga erishishga tayyor emasdi. Ba'zilar narxni lo'rib shartta o'girilib chiqib ketardi. Boshqalari uzoq vaqt ikkilanib o'z mablag'larini qyta-qayta sanar, yetmaganini yana qayerdan olish mumkinligini o'ylar edi. Kimlardir yuqori narxlardan nolir, chegirma so'rardi.

 

Bor yiqqan-terganlarini olib kelib, o'z orzusi uchun qurbon qilganlar va unga erishib baxtli bo'lganlar ham bor edi. Boshqa xaridorlar baxtiga erishganlarga hasad bilan qarab turardi, "Do'kon egasi ularning do'sti shu sababli u o'z orzusiga shundoqqina, hech qanday mehnatsiz erishgan bo'lsa kerak" deb o'zlarini oqlardi, ovuntirardi.

 

Do'kon egasiga xaridorlar sonini ko'paytirish uchun narxlarni pasaytirishni maslahat berishardi. Biroq u rad etardi. Sababi bundan maxsulotlar sifati jabr chekardi.

 

Do'kon egasidan inqirozga uchrashdan nega qo'rqmasligini so'rashganida, u bosh chayqab, har doim tavakkal qilib o'z hayotlarini o'zgartiruvchi jasurlar, odatiy hayotda yashashni rad etuvchilar, o'z kuchiga ishonishga qodirlar, o'z orzularini xarid qilish uchun yetarli mablag'ga ega bo'lganlar topilishini aytardi. 

 

Do'kon eshigida esa yuzlab yillardan beri bir yozuv turardi: "Agar orzuying amalga oshmayotgan bo'lsa - unga to'lov ham amalga oshirilmagan"

Yuklab olish