Social Development

18-qonun - Insonlarga ular nimaga muhtoj bo'lishsa, shuni ber

Biz istaganimizdan ko'prog'iga erishamiz, qachonki insonlarga mehribonlik, hamdardlik, xotirjamlik, tushunish, muloyimlik, qiziqish bilan muomala qilsak. Bunday munosabatlarni atrofdagilarga samimiy yaxshilik va baxt tilaklari bilan moslashtirish lozim. Bunday munosabatlarni tavsiflovchi epitetlar ro'yxatini haddan tashqari uzun qilmaslik, ularni tushunish oson bo'lishi uchun uchun “mehr” deb ataymiz.

 

Mehr.

Mehr - bu o'z-o'zidan paydo bo'luvhci tuyg'u emas. Bu so'z chin ma'nosidan shunchalik uzoqlashib ketganki, ko'pchilik uni aytishga tortinadi. Shunda ham o'zingizga "Inson eng ko'p muhtoj bo'ladigan narsa nima?" deb savol bersangiz, eng aniq javob ehtimol "Mehr-muhabbat" bo'ladi. Hech narsa insonning atrofdagilar o'zaro bilan aloqasini uchalik osonlashtira olmaydi. Uning yordamida har qanday muammo tezroq hal bo'ladi. Mehr - olamdagi eng kuchli va dono qudratdir. O'zgalarga qanchalik ko'p mehr bersak, shunchalik tezroq maqsadlarimizga erishamiz va ko'proq quvvat olamiz. Agar sizga maqsadni amalga oshirishning ikkita yo'li taklif etilsa, ulardan biri ko'proq, ikkinchisi esa kamroq qiyinchilik talab qilsa, unda siz, shubhasiz, ikkinchi yo'lni tanlash oqilona yo'l deb topasiz. Mehr o'z yo'lida qiyinchilik tug'dirmaydi va shuning uchun maqsadga tezroq olib boradi. Boshqa barcha usullar yuqori energiya xarajatlari bilan bog'liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan, inson har doim mehr foydasiga tanlov qilishi kerak. Mehr - bu katta qudrat. Biroq, amalda, odamlar ko'pincha nizolar yo'lini tanlashadi. Biz kurash kerakli natijaga tezroq olib keladi deb o'ylaymiz. Jangda maqsadga erishish yanada samarali ko'rinadi va biz o'zimizni yanada kuchliroq his qilamiz. Ammo muammoni mojaro orqali hal qilish qisqa muddatli samarani berishi mumkin xolos. Kelajakda, albatta, yangi muammolar paydo bo'ladi. Mehrdan osonroq va samaraliroq narsa yo'q - axir, idish to'la safrodan ko'ra, bir tomchi asal yordamida ko'proq asalarilarni jalb qilish mumkin-ku.

 

Amalda qo'llash uchun.

Bemorlariga samimiy va qiziqish bilan munosabatda bo'lgan shifokorga ko'proq ishonch bildiriladi va shu sababli ham davolash jarayoni yanada samaraliroq bo'ladi. Xuddi shu fazilat sotuvchiga ko'proq mahsulot sotishga yordam beradi. Boshqaruvchularga bu fazilat qo'li ostidagilardan yanada kattaroq natijalarga erishishda yordam beradi. Farzandlaridan o'z mehrlarini darig' tutmaydigan ota-oanalar ularga eng yaxshi tarbiyani beradilar. Birgalikda ishlash uchun zarur bo'lgan, odamlar o'rtasidagi uzoq muddatli ishonch faqat mehr va tushunishga asoslanadi. Insonlarning ko'pchiligi atrofdagilarga mehr bilan muomala qilishga tayyor, ammo buni qanday qilishni bilishmaydi. Albatta, siz bu oltin qoidadan xabardor bo'lsangiz kerak: "Odamlarga sizga qanday muomala qilishlarini xohlasangiz, shunday munosabatda bo'ling". Bu katta foyda keltiruvchi juda qimmatli qonun. Biroq, tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Insonlar har xil. Ularning xohish va ehtiyojlari biznikiga doim ham mos kelmaydi. Shunday ekan, aloqalarimizga asos sifatida o'z qadriyatlarimiz tizimidan doim ham foydalana olmaymiz. Demak bizning 18-qonunimiz quyidagicha bo'ladi: Insonlarga ular nimaga muhtoj bo'lishsa, shuni ber. Biz odamlarga ular xohlagan tarzda munosabatda bo'lishimiz kerak. Ularning his-tuyg'ulariga salbiy ta'sir o'tkazishga haqimiz yo'q, shuning uchun ularni chinakam tushunishga o'rganishimiz kerak. Bu esa, insonlarni diqqat bilan kuzatishimiz va o'rganishimiz lozimligini anglatadi. Har bir inson o'zining xohish-istaklari va ehtiyojlari haqida signal tarqatadi. Mahorat esa bu signallarni idrok etia olish va ularni to'g'ri talqin qilishdadir. Shu orqali biz ularga qulay yo'l bilan muomala qila olamiz. Bu kabi o'zaro munosabatlarda nizolarga o'rin bo'lmaydi. Keling o'zgaga bo'lgan munosabatimizni bank hisob raqami deb tasavvur qilaylik. Agar hisobingizda mablag' bo'lmasa, aksiga olib, bu paytda to'lov amalga oshirish majburiyati qo'yilsa, muammo paydo bo'ladi. Aksincha hisobingizda yetarlicha mablag' bo'lsa, hech qanday harajat noqulaylik keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun o'zaro aloqalaringiz hisobiga doimiy tushumlar bo'lishini ta'minlashingiz lozim. Qanchalik ko'p mablag' to'plzsangiz, inson bilan aloqangiz shunchalik chuqur bo'ladi.

 

@betbe4 qo'shimchalari.

Ko'p ta'kidlaymiz: 100 insondan atigi 10 tasi yuksak natijalarga erishadi. Sabab - muvaffaqiaytga yetish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Insonlorga o'zimiz istagandek muomala qilishimiz, ulardan o'zimizga kerak bo'lgan narsalarni so'rashimiz yoki talab qilishimiz mumkin, ammo, insonlarga ular istaganidek muomala qilish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.

 

18-qonun - Insonlarga ular nimaga muhtoj bo'lishsa, shuni ber. (Bodo Shefer - G'oliblarning qonunlari kitobidan)

 

24 oltin qoidalar.

 

Quyidagi qoidalar sizga odamlarga kerakli bo'lgan narsani berishga imkon beradigan ko'rsatmalar majmuidir. Ularga amal qiling - va o'zgalar bilan bo'lgan munosabatlaringiz hisobi har doim to'la bo'ladi.

 

1. Inonlarni imkon boricha qo'llab-quvvatlang va ma'qullang. Ular erishgan muvaffaqiyatlarga maqtov bilan javob bering. Maqtov quyosh nurlariga o'xshashdir. Usiz inson rivojlana olmaydi. Maqtov hech qachon ortiqchalik qilmaydi. (#1)

2. Doimo insonlar o'z mavqelarini saqlab qolishlariga imkon bering. Hech qachon hech kimni kamsitmang va kulgu ostiga olmang. O'zgalarning xatolariga katta ahamiyat ham bermang.

3. Insonlar ko'ziga faqat yaxshi fikrlarni ayting. Agar insonda yaxshi sifat topa olmasangiz yaxshisi sukut saqlang.

4. Insonlarni diqqat bilan kuzating. Shunda tez orada ular qilayotgan yaxshi ishlar guvohi bo'lasiz va sizning maqtovingiz o'z asosini topadi va xushomadgo'ylik kabi bo'lmaydi. (#2)

5. Insonlarning ezgu tuyg'u va ishtiyoqlarini ko'rishga harakat qiling. Hammaga, uni tartibli va adolatli hisoblashlari xush yoqadi. Agar siz kimningdir yaxshi tomonga o'zgarishini istasangiz, unga shu yaxshi sifatlar egasidek muomala qiling. Bu holatda u sizni xafa qilmaslik uchun ham shunday bo'lishga bor kuchi bilan intiladi.

6. O'zgalarni imkon qadar kamroq tanqid qiling. Tanqid inson qilgan amalga tegishli bo'lishi kerak uning o'ziga emas. Doimo insonlarga ularga yordam berih istagingizni ohkor qiling. Hech qachon hech kimni yozma shaklda tanqid qilmang.

7. Insonga, siz uchun ahamiyatga ega ekanligini his qilishiga imkon bering. O'z ustunliklaringizdan g'ururlanish o'rniga, o'z kamchiliklaringizni tan olishni o'rganing. Agar dushman orttirishni istasangiz, ularga ustunliklaringizni ko'rsating. Agar do'st orttirishni istasangiz, ularning ustunliklarini ko'ra biling. 

8. Xatoga yo'l qo'ygan bo'lsangiz, uzr so'rang. Agar qilgan xatoingiz sabab kimdandir tanbeh kutilsa, siz avvalroq aybingizni tan oling, va uzr so'rang.

 

@betbe4 qo'shimchalari.

(#1) Bu o'rinda yozuvchini ma'qullamayman. Maqtovsiz o'sish mumkin. Maqtovga muhtoj bo'lmaganlar kuchli insonlardir. Biroq, maqtov hech narsa bera olmaydigan ishtiyoqni insonga beradi. 

(#2) Fikrimcha insonlarni kuzatish, ular nimaga muhtojligini aniqlashga yordam beradi. Biroq, ularni kuzatih orqali  ulardan yaxshi amallarni kutish, fikrimcha noo'rin.

 

9. Insonlarga buyruq ohangida emas, balki taklif ohangida gapirishga odatlaning. Shunda hamkorlaringiz va siz o'rtangizdagi munosabatlarda qarama-qarshiliklarga duch kelmaysiz.

10. Asabiylashayotgan kishilarni tushunishga harakat qiling. Ko'p hollarda asabiylashish yordamga va diqqatga muhtojlik belgisidir. Ularga ko'maklashing. Ular bunga muhtoj.

11. Imkon qadar kamroq so'zlang. O'zgalarga gapirishga imkon bering va yaxshi tinglovchi bo'lishga urining. (#3)

12. G"oya hamsuhbatingizga tegishli ekanligiga uni ishontiring. Agar u yaxshi bo'lsa, orangizdan kim birinchi bo'lib aytganini ahamiyati yo'q. Har kim o'z bilimlariga asoslanib harakatlanayotganini his qilishni istaydi. Zero dengiz har qanday oqimdan muhimroq, chunki u oqimlarning to'planish nuqtasidir.

13. Nohaq deb hisoblagan taqdiringizda ham so'zlayotgan hamsuhbatingiz gapini bo'lmang, baribir yakunlamagunlaricha sizni eshitishmaydi. Gaplari bo'linishini esa, hech kim yoqtirmasa kerak.

14. Vaziyatga hamsuhbatingiz nazari bilan qarashga urining. Aytishadiku: "Do'sting oyoq kiyimida 1000 km yurib ko'r" deb. Uning o'zini tutishi sababini tinimsiz tahlil qiling. Tushunish - kechirish demakdir.

15. Ba'zida haqligingizni isbotlashga intilmasligingiz to'g'ri yo'l bo'ladi. Hamsuhbatingizdan aqlliroq bo'lgan taqdiringizda ham uni oshkor qilmay, "Balki adashayotgandirman..." mazmunida javob bering. Bu holatda har qanday kelishmovchiliklar oldini olgan bo'lasiz. (#4)

16. Insonlarga hech qanday sababsiz ham sovg'a ulashishga harakat qiling. Ularga shodlik ulashishda tabiiy bo'lmagan usullardan foydalaning. Sovg'alaringiz qanchalik sarxil bo'lsa, siz ularni unutmasligingizga shunchalik amin bo'ladilar.

 

@betbe4 qo'shimchalari

#3 Kam gapirgan ko'p biladi. Ko'p hollarda nima haqida gapirishni bilmaganlar buni yashirish uchun tinimsiz so'zlashadi. Oqibatda keyinchalik o'zlariga qarshi ishlatish mumkin bo'lgan so'zlarni ham aytib qo'yishadi.

#4 Chindan ham... Ba'zi hollarda sizning haqligingizni isbotlashingiz ikki tomonga ham foyda keltirmasligi mumkin. Bunday hollarda sukut saqlash eng kamida o'rtada nizo chiqishi oldini olgan bo'lasiz. Ba'zida esa, hamsuhbatingiz haqligingizni isbotlash uchun jon kuydirishingizga arzimaydigan darajada keraksiz inson bo'lishi mumkin. Bunday hollarda ham sukut saqlab vaziyatdan chiqib ketishingiz, suhbatda boshqaruv qo'lingizda qolishiga sabab bo'ladi. Zero, siz ular haq ekanligini tan olsangiz, ular taklifingizga o'ylab o'tirmay rozilik bildirishga tayyor bo'lishadi.

 

17. Agar fikringizga e'tiroz bildirishsa, g'azabingizni jilovlang. Avval hamsuhbatingizni tinglab oling va u aytgan so'zlardan o'zingiz ma'qullaydigan jihatlarni izlang. Yana, o'z fikringizga ham tanqid nazari bilam qarashga urining. Hamsuhbatingizga u bildirgan fikrlar ustida o'ylab ko'rishingizni ayting.

18. Insonlarga samimiy qiziqish bilan qarashni o'rganing. "Boshqalarda qiziqish uyg'otish o'rniga, ularga qiziqish bildirishga intil" shioriga amal qiling. Ularga yordam ko'rsatishga doimo tayyorligingizni bildiring.

19. Doimo tabassum qiling. Tabassum qilishni istamaydiganlarga hech kim murojaat qilmaydi. Ular hech kimga kerak bo'lmaydi.

20. O'zgalarga faqat to'liq ismini aytib murojaat qiling. Bu - hurmat belgisidir. Har kimga laqabi yoki ismining qisqa shaklidan ko'ra, to'liq ismi bilan murojaat qilishlari ma'qul bo'ladi.

21. Dunyoga o'zgalar nazari bilan ham boqishga urining. O'zingizdan tez-tez so'rab turing. "Aslida u nimani istayapti, qanday qilib unga yordam berishim mumkin?"

22. Har qanday suhbat yakunida hamsuhbatingizda ijobiy taassurot qoldirishga intiling. Unda sizning faoliyatingiz va shaxsingizga nisbatan yaxshi fikrlar qoldirishga harakat qiling. (#5)

23. Gina saqlamaslikka, insonlarni kechirishga o'rganing. (#6)

24. Atrofdagilarning siz tomomnga aytilgan komplementlariga uchmang. (#7)

 

@betbe4 qo'shimchalari

#5. Har qanday sohada ham jarayondan ko'ra natija muhimroq. Siz 1 raundni yutishingiz mumkin biroq kurashni boy bersangiz harakatlaringiz bekor bo'ladi. Xuddi shu kabi, ikki tomon o'zaro suhbat davomida xatoliklarga yo'l qo'yishi mumkin, ammo yakun yaxshi bo'lmasa, bu xatoliklarni tuatishga boshqa imkoniyat ham bo'lmaydi. Alohida fikrlashga arziydigan mavzu ekan - "Jarayon va natija!"...

Vaqti kelar...

#6. Bu ham yirik bir mavzu bo'la oladi biroq, bugun emas. Qisqacha izoh shunday: Zaif inson unga yetkazilgan zarardan ta'sirlanadi, qasos olishga qasd qiladi, rejalar tuzadi. Yanayam zaifroq inson esa, qasosga balki qasd qilmas, ziyon yetkazgan insonni umrbod gina-qudratlar bilan eslaydi. Buning uchun vaqtini, energiyasini sarflaydi. Ikki holatda ham inson oldinga harakatlanish o'rniga bir nuqtada qoladi. Nima bilan? O'tmish bilan... toki ko'rgan ziyoni o'rni qoplanmagunicha, toki uning ko'nglidagi gina chiqib ketmagunicha. Zararni yetkazgan esa, ko'zlagan maqsadiga yetish bilan birga, yana "zaifni" harakatdan to'xtatadi. Demakki bizning o'zgalarni kechira olmaslik kasalimiz ikki barobar qimmatga tushar ekan. Albatta, yomonlikni ko'zlagan ertami-kechmi javobini oladi. Biroq, qasos olish, gina saqlash kabi mayda ishlarga vaqtimizni sarflashimiz bizga qanday foyda olib kelar ekan???

 

#7. Komplement, maqtov katta ishonch va ishtiyoq beradi to'g'ri. Biroq, shu bilan birga, u bizga kibrni ham olib keladi. Ishtiyoqni boshqa yerdan izlab, maqtovga qarshi immunitet hosil qilish fikrimcha insonni yanayam kuchliroq qiladi. Maqtovlardan osmonga chiqib ketmagan insonni hech kim haqorat bilan jarlikka yiqita olmaydi.

 

Umumiy xulosalar.

Mavzu hali yopilmadi davomi bor. 24 oltin qoida haqida shaxsiy fikrlarimni bildirmoqchiman. Bodo Sheferning boshqa kitoblari bilan ham tanishman yozuvchi ma'nili va o'rinli fikrlarni keltirgan. Biroq ushbu mavzuni chuqur tahlil qiladigan bo'lsak, oltin qoida sifatida keltirilgan ba'zi maslahatlarni ma'qullamayman. Ko'rinishidan ular shunchaki kitobda vazn bosish uchun yozilganga o'xshaydi. Masalan: agar kuzatib borayotgan bo'lsangiz, sezishingiz mumkinki 21 va 14-qoidalar ma'no jihatidan takrorlangan. keyinchalik tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun bo'limni to'liqligicha tarjima qilishga urindim va ushbu vaziyatdan hayron qoldim.

Tabiiyki yuqorida keltirilgan 24 qoidalarning barchasini mukammallikda amalga tadbiq qilib bo'lmaydi. Doimo bularning barchasiga rioya qila oladigan inson yo'q. Biroq, bunga intilish eng maqbul yo'ldir.

Ushbu 24 qoida sizni hammani birdak yaxshi ko'rishga majburlamaydi. Ularning negizida insonlarga, atrofdagilarga sabr bilan munosabatda bo'lish ma'nosi yotadi. Insonlarga qanchalik katta qiziqish bildirishni o'rgansak, shunchalik sabrimiz kuchayadi. Ba'zilar bu qoidalarga faqatgina o'z manfaatlari yo'lida amal qilishadi. Bu yo'nalish biz o'rgangan qoidalar mohiyatini bildirmaydi. Bizning maqsadimiz atrofdagilarga o'zimizni yaxshi ko'rsatish emas. Axir so'lgan gulni yaxshi ko'rinishi uchun bo'yoq bilan bo'yamaydilarku. Qoidalar atrofimizdagilarga nimaga muhtoj bo'lishsa, shuni berishni o'rgataqdi. Biz qanday bo'lsak, atrof muhitimiz ham shunga mos bo'ladi. Agar biz atrofimizdagilardan tinimsiz norozi bo'laversak, va bizning atrofimizdagilarning barchasi betayin odamlar deb hisoblasak, bilingki, muammo ularda emas, bizdaligi haqiqatga yaqinroq. Obyektiv haqiqat mavjud emas. Dunyo - biz uni qanday tasavvur qilsak, shunday ko'rinishda bo'ladi. Insonda, u haqida qalbimiz tubida nima o'ylasak shu sifatlarni ko'ra olamiz. Ularga sabr va mehr bilan munosabatda bo'la olishning uch yo'li mavjud. 

Birinchidan, o'zimizni tushunib olishimiz kerak. O'zimizni yaxshi ko'ra olgan taqdirdagina o'zgalarga mehr bera olamiz.

Ikkinchidan, Atrofdagilar haqida chuqur mulohaza qilishga urinmasligimiz lozim. Gulni yaproqlarga ajratadigan bo'lsak, uning go'zalligini buzgan bo'lamiz.

Uchinchidan, Insonlarning eng yaxshi sifatlariga e'tibor berishimiz kerak. Ko'pchilik atrofdagilarni qadrlash o'rniga ularni g'iybat qilishni yaxshi ko'radi. Bu holatda biz ko'proq o'zimizni jabrlagan bo'lamiz. Insonlarning xato va kamchiliklariga ko'p ham e'tibor berish orqali bunga ko'nikib qolamiz. Oqibatda ko'zimizga butun dunyo xato va kamchiliklardan iboratdek ko'rinaveradi. Agar aksincha ulardan yaxshi fazilatlarni qidirsak, dunyo o'zgacha jozibaga egaligini ko'ra olamiz. Bu borada dono xalqimiz shunday deydi: Insonda nimani ko'rsang, o'zing ham shunga aylanasan. Nurni ko'rsang - nurga, dog'ni ko'rsang - dog'ga aylanasan. 

Gap eshitganda qanday yo'l tutish kerak?

Bir qo'l jangi ustasi kurashlarda boshqa ishtirok etmaslikka qaror qilibdi. Biroq, bir yoshroq jangchi uni kurashga chorlabdi, usta bunga e'tibor bermay o'z jimgina o'tiraveribdi, Jangchi esa maqsadidan qaytmay uni va uning ustozlarini haqorat qilishga tushibdi. Usta barcha haqoratlarni eshitmagandek chidab o'tiraveribdi. So'ng o'z maqsadiga erisha olmagan jangchi ketibdi. O'quvchilari jang ustasidan hayron bo'lib buning sababini so'rashibdi. Usta savolga savol bilan javob qaytaribdi.

- Agar sizga kimdir sovg'a bermoqchi bo'lsa-yu siz undan voz kechsangiz, sovg'a kimga tegishli bo'ladi?

- Albatta kim sovg'a qilmoqchi bo'lgan bo'lsa shunga - o'quvchilar javob berishibdi.

- Xuddi shu kabi hasad, g'azab va nafrat ham - debdi ustoz - agar siz qabul qilmasangiz bular ham egalarida qoladi.

Yuklab olish